Выберите язык

 

Sho‘rchi tumanida buyurtma qilingan eshiklar tayyorlab berilmagani yuzasidan murojaat ijobiy hal etildi

Iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida yuzaga kelayotgan muammolarga amaliy yechim topish borasida Sho‘rchi tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tegishli ishlar olib borilmoqda.

Ana shunday murojaatlardan biri Sho‘rchi tumani “Oftobmakon” mahallasida yashovchi fuqaro O. Yo‘ldosheva tomonidan yo‘llangan.

Fuqaro jamiyatga murojaat qilib, tuman markazida joylashgan hunarmandchilik sexlaridan biriga xonadoni uchun 2 dona eshik tayyorlashga buyurtma berganini va buning uchun oldindan 2 900 000 so‘m miqdorida to‘lov amalga oshirganini bildirgan.

O‘zaro kelishuvga ko‘ra, eshiklar belgilangan muddatda tayyorlab berilishi lozim bo‘lgan. Biroq kelishilgan vaqt yetib kelganiga qaramay, sex ishchilari tomonidan buyurtma bajarilmagan. Fuqaro bir necha marotaba sexga borib murojaat qilganida, unga “ertaga-indin” degan vajlar bilan javob berilib, ortiqcha sarson qilingan.

Shundan so‘ng fuqaro buyurtmani kutishdan charchab, eshiklar uchun oldindan to‘langan pul mablag‘ini qaytarishda amaliy yordam so‘rab jamiyatga murojaat qilgan.

Mazkur murojaat jamiyat mas’ul xodimlari tomonidan bevosita joyiga chiqib, atroflicha o‘rganildi. O‘rganish jarayonida buyurtma bajarilmagani va iste’molchining talabi yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

Natijada fuqaroning talabi qanoatlantirilib, 2 dona eshik uchun oldindan to‘langan 2 900 000 so‘m mablag‘ to‘liq qaytarib berildi.

Shu tariqa, iste’molchining murojaati ijobiy hal etilib, uning moddiy manfaatlari himoya qilindi.

Mazkur holat xizmat ko‘rsatuvchi va buyurtma asosida mahsulot tayyorlovchi tadbirkorlik subyektlari zimmasiga olgan majburiyatlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarishi zarurligini yana bir bor ko‘rsatadi.

Iste’molchi huquqi — qonun himoyasida! Har bir iste’molchi buyurtma asosida mahsulot tayyorlash yoki xizmat ko‘rsatish jarayonida kelishilgan shartlar bajarilmagan taqdirda, o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilishi mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening