Выберите язык

  2026-yil 9-iyul kuni Tomdi tumanidagi "Tomdibuloq" OFYda yashovchi fuqaro A.K. Tomdi tumani Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga og‘zaki murojaat qildi.
Murojaatda xonadoni ichimlik suvi ta'minotidan uzilib qolgani, jazirama issiq ob-havo sharoitida bu holat oila a'zolariga jiddiy noqulaylik tug‘dirayotgani ma'lum qilindi.
  Murojaat Tomdi tumani Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan zudlik bilan nazoratga olinib, shu kunning o‘zida suv ta'minoti mas'ullari bilan hamkorlikda muammo ijobiy hal etildi. Natijada fuqaroning xonadoniga ichimlik suvi ta'minoti qayta tiklandi.
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida izchil ish olib bormoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening