Выберите язык

Bugungi kunda aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyoji ortib borayotgani sababli qurilish kompaniyalari bilan tuzilayotgan shartnomalar soni ham ko‘paymoqda. Biroq amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, ayrim holatlarda iste’molchilar to‘lovlarni amalga oshirgan bo‘lsa-da, va’da qilingan shartlar bajarilmasligi, uyning belgilangan muddatda topshirilmasligi yoki boshqa muammolarga duch kelmoqda. Ana shunday vaziyatlarda iste’molchining huquqiy bilimi va qonun bilan kafolatlangan huquqlari, bu borada iste’molchilik ijtimoiy harakati bilan hamkorligi katta ahamiyat kasb etadi.

Shu o‘rinda, turli shartlarda uy-joy xarid qilayotgan yurtdoshlarimizga «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning ayrim normalarini keltirib o‘tgan holda, bu borada nimalarga e’tiborli bo‘lishlari lozimligini eslatib o‘tishni joiz deb bilamiz.

Yuqorida nomi zikr etilgan Qonun iste’molchilarning tovar, ish va xizmatlardan foydalanishdagi huquqlarini kafolatlaydi. Xususan, qonunning 4-moddasiga ko‘ra, iste’molchi:

tovar (ish, xizmat)ning sifatiga;
xavfsizligiga;
to‘g‘ri va to‘liq axborot olishga;
o‘z manfaatlarini himoya qilishga;
yetkazilgan zararni qoplatishga bo‘lgan huquqlarga ega.
Uy-joy sotib olish ham xizmat munosabatlarining bir turi hisoblanadi. Shu bois qurilish kompaniyasi iste’molchiga shartnoma shartlari, to‘lov tartibi, xonadonning holati, topshirish muddati va boshqa muhim ma’lumotlarni aniq va to‘liq taqdim etishi shart.

Qonunning 6-moddasida esa iste’molchining tovar (ish, xizmat) haqida ishonchli axborot olish huquqi belgilangan. Demak, quruvchi tashkilot xaridorni chalg‘ituvchi yoki noaniq ma’lumot bermasligi lozim.

Shuningdek, qonunning 13-moddasiga muvofiq, agar xizmat shartnoma talablariga mos kelmasa yoki iste’molchining huquqlari buzilsa, u o‘z talablarini qonuniy tartibda qo‘yish huquqiga ega.

Mutaxassislar uy-joy sotib olishdan oldin quyidagilarga alohida e’tibor qaratishni tavsiya qiladi:

shartnomani shoshilmasdan o‘qib chiqish;
 to‘lov jadvali va jarima shartlarini tushunib olish;
qurilish kompaniyasining lisenziya va hujjatlarini tekshirish;
berilgan va’dalarni og‘zaki emas, yozma shaklda rasmiylashtirish;
har bir to‘lov uchun tasdiqlovchi hujjat saqlash.

Agar iste’molchi uy-joy xaridi masalalarida o‘z huquqlari buzilgan deb hisoblasa, bu boradagi vakolatli davlat idoralariga, shuningdek iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga yoki sud organlariga murojaat qilishi mumkin.

Uy-joy xaridi — inson hayotidagi eng muhim qarorlardan biri. Bunday jarayonda huquqiy savodxonlik, shartnomani chuqur o‘rganish va qonunlarda belgilangan huquqlarni bilish iste’molchini ko‘plab muammolardan asraydi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening