Выберите язык

Yurtimizda maktabgacha ta’lim tizimida bolalarga sifatli ta’lim-tarbiya berish, ularning sog‘lig‘i va xavfsizligini ta’minlash, sog‘lom ovqatlantirishni belgilangan talablar asosida tashkil etish hamda munosib shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Shu maqsadda O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Andijon viloyati boshqarmasi Andijon viloyati hokimligi bilan o‘zaro kelishuv asosida nodavlat va davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jamoatchilik monitoringi o‘tkazilib, monitoring davomida ta’lim-tarbiya xizmatlari sifati, sanitariya-gigiyena holati, sog‘lom ovqatlantirish hamda xavfsizlik talablariga rioya etilishi o‘rganilmoqda.

Navbatdagi monitoring Andijon tumani, “Gulobod” MFY hududida joylashgan “Mamlakatxon bolajonlari” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilib, o‘rganish jarayonida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti talablariga muvofiqligi, sog‘lom ovqatlantirishning tashkil etilishi, yagona mavsumiy taomnoma asosida ovqatlantirish, sanitariya-gigiyena qoidalari va xavfsizlik talablari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, tashkilotda 75 o‘rin mavjudligi, tegishli xulosa rasmiylashtirilgani hamda xodimlarning davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi o‘rganilib, 8 nafar xodim tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi qayd etildi.

Monitoring O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hamda 2025-yil 6-yanvardagi 1-son “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari va sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida amalga oshirildi. 

O‘rganish davomida bolalarning huquq va qonuniy manfaatlari, sog‘lig‘i, xavfsizligi hamda sifatli ta’lim-tarbiya olishi uchun zarur shart-sharoitlarning ta’minlanganligiga alohida e’tibor qaratilgan. Aniqlangan holatlar qonunchilik talablari asosida tahlil qilinib, zarur hollarda tegishli vakolatli davlat organlariga takliflar kiritiladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening