Выберите язык

⚡️ Yakkabogʻ tumanida asossiz deb aniqlangan salkam 20 million soʻmga yaqin boʻlgan  noreal qarzdorlik isteʼmolchi foydasiga hal etildi 

Kommunal to’lovlar, ularni tizimli va muddatli to’lash madaniyati, texnik xatoliklar tufayli vujudga kelgan noreal qarzdorliklar, ularni so’ndirish bilan bog’liq masalalar xususida qator maqolalar chop etilgan. 

Murojaatda koʻrsatillicha, Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanida yashovchi fuqaro G.H 50 sotix yer maydonini auksion savdosida yutib olgan. Tuman soliq xodimlari yerdan hech qanaqa qurilish ishlari amalga oshirmasdan samarasiz foydalanib kelyapsiz deb fuqaroga 18 477 956 soʻm soliq toʻlovidan qarzdorlik borligi haqida aytishgan. 

Fuqaro qarzdorlikni asoslab bering qanday tartibda buncha soʻmmaga yetib bordi deb tuman soliq xodimlariga murojaat qilganida soliq xodimlari tinglashni ham istamagan.

Shundan soʻng isteʼmolchi Yakkabogʻ tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislariga amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.

Tuman jamiyati xodimlari tomonidan murojaat oʻrganilib, Yakkabogʻ tumani soliq inspeksiyasi oʻrinbosari N.B bilan uchrashildi va masala oʻrganib chiqilib, fuqaroga yuklatilgan 18 477 956 soʻm pul miqdoridagi noreal qarzdorlik bekor qilinib, muammo isteʼmolchi foydasiga hal etildi.

✅ “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun talablari va iste’molchi huquqlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening