Elektr energiyasidagi muammo bartaraf etildi.
- Информация о материале
- Автор: Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 3
Qoraqalpog‘iston Respublikasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoniga murojaat kelib tushgan.
Fuqaro I.J. xonadonida elektr energiyasi ta’minoti quvvati juda past bo‘lganligidan norozi ekanligini bildirgan.
Murojaat qisqa muddat ichida Beruniy tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan hududiy elektr tarmoqlari Beruniy tumani filiali mutaxassislari bilan birgalikda o‘rganib chiqildi.
O‘rganish davomida fuqaro yashayotgan hududda haqiqatan ham elektr energiyasi ta’minoti quvvati yetishmovchiligi aniqlanib, quvvati 160 kVA bo‘lgan transformator punktiga ulash ishlari olib borildi va bugungi kunda elektr energiyasi yaxshi holatda ta’minlanishiga erishilib, fuqaroning murojaati ijobiy yechim topdi.
📞 Agar sizning iste’molchi sifatidagi huquqlaringiz buzilsa, 1091 ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.
Fuqaro huquqi himoya qilindi.
- Информация о материале
- Автор: Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 3
Fuqaro S.T. Qo‘ng‘irot tumani bozoridan ayoli uchun 280 ming so‘mga ko‘ylak sotib olgan, biroq uyga borib kiyib ko‘rgandan so‘ng o‘lchami to‘g‘ri kelmay qolgan. Yuzaga kelgan holat bo‘yicha fuqaro tovarni do‘konga qayta olib borgan. Biroq, sotuvchi iste’molchining to‘lovini qaytarib berishdan bosh tortgan.
O‘z huquqini to‘liq bilgan iste’molchi Qo‘ng‘irot tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan. Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan qisqa muddat ichida o‘rganib chiqildi va iste’molchining to‘lagan mablag‘i to‘lig‘i bilan qaytarib berildi.
📞Agar sizning iste’molchi sifatidagi huquqlaringiz buzilsa, 1091 ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.
Ramazon oyida narxlar barqarorligi nazorat qilinmoqta.
- Информация о материале
- Автор: Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 3
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan ichki bozorda oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini ta’minlash maqsadida yangi buyruq qabul qilindi.
Mazkur buyruq asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining shahar va tuman bo‘limlari tomonidan 2026-yil 17-fevraldan 23-martga qadar arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalari o‘rganilib, tegishli tartibda yuqori turuvchi tashkilotlarga ma’lumotlar taqdim etib borilmoqda.
Olib borilayotgan jamoatchilik monitoringidan ko‘zlangan asosiy maqsad — Ramazon oyi davomida xalqimizni barqaror va arzon narxlardagi mahsulotlar bilan ta’minlash hamda ularning manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
MEHNAT STAJI KO‘P, PENSIYASI KAM: PENSIYA JADVALI FUQARONING HAQ-HUQUQLARINI POYIMOL QILDIMI?
- Информация о материале
- Автор: Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 4
So‘nggi yillarda mamlakatimizda fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, ayniqsa, pensiya va nafaqa ta’minoti sohasida ochiqlik hamda adolatlilik prinsiplarini o‘rnatishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shunga qaramay, ko‘p yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan fuqarolarga juda kam miqdorda pensiya tayinlanganidan shikoyat qilingan holatlarni tez-tez eshitib turibmiz.
📍 Ellikqal’a tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga xuddi shunday mazmundagi murojaat kelib tushdi.
Xususan: Fuqaro K.Q.ning 35 yil 10 oylik ish staji asosida unga tayinlangan 1 792 621 so‘m pensiya miqdori haqiqatga yaqinmi?
🔍 Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi belgilangan qonun hujjatlari asosida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Quyosh panellari bo‘yicha masala yechimini topdi.
- Информация о материале
- Автор: Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 6
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan fuqarolarning murojaatlari doimiy tarizda o‘rganilib, ularning manfaatlari himoya qilib kelinmoqda. Shunday murojaatlardan biri yaqinda o‘z yechimini topdi.
Qo'ng'ırot tumani "Ulli jurt" ko‘chasida yashovchi fuqaro Z. D. federatsiyaning "Ishonch telefoni" orqali quyidagicha murojaat qilgan:
Nukus shahrida joylashgan "M.S." MChJ bilan tuzilgan shartnoma asosida uyiga quyosh panellarini o‘rnatgan.
Biroq quyosh panellari shartnomada ko‘rsatilgan miqdorda elektr energiyasini ishlab chiqarmayotganligi ma’lum bo‘lgan.
Bu bo‘yicha korxonaga bir necha marotaba murojaat qilishiga qaramasdan, 2 oy davomida masala kechiktirib kelingan.
Murojaat bo‘yicha Nukus shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining mutaxassislari tomonidan tezlik bilan o‘rganish ishlari olib borildi va iste’molchining talabi to‘liq qanoatlantirildi.
Страница 5 из 6
























