Выберите язык
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-oktabrdagi PQ-296-sonli qarori ijrosi doirasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida hududlarda tashabbusli loyihalar amalga oshirilmoqda.
Bugun, O’zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi raisi J.Sarimsoqov boshchiligida Buxoro viloyat hududiy birlashmasi, tuman (shahar) jamiyatlari mas’ul rahbar va xodimlari bilan sohadagi faoliyat, qayd etilgan natijalar va kamchiliklar yuzasidan muhokama yig’ilishi o’tkazildi.
Iste’mol madaniyatini keng targ’ib qilish, sohada mas’uliyat bilan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda qator masalalar yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-oktabrdagi PQ-296-sonli qarori ijrosi doirasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida hududlarda tashabbusli loyihalar amalga oshirilmoqda. Shu jarayonning yana bir amaliy natijasi sifatida, bugun O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Buxoro viloyat hududiy birlashmasi Jondor tuman jamiyatiga xizmat avtomobili topshirildi.
Xulosa qilib aytganda, davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash, muammo va tashabbuslarni birgalikda hal etish, NNTlarning faolligini oshirish — mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim omillaridan biridir. Bu esa inson huquqlarini himoya qilish, demokratik qadriyatlarni mustahkamlash va aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Iste’molchilar ikki holatda elektron qurilmalar bilan bog’liq muammoga duch kelishadi: birinchisi qurilmaning texnik nuqsoni bo’lsa, ikkinchisi qurilmani ishlatish bo’yicha yo’riqnoma bilan tanishtirilmagan bo’lsa.
Vobkent tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro M.S yashash xonadoniga gaz hisoblagich qurilmasini o’rnatgan. Ammo hisoblagichni ro’yxatdan o’tkazish bo’yicha elektron tasdiqlash kodi uzatilmagan, qurilma ishlamagan.
Holat bo’yicha Vobkent tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat qoldirgach, holat “Hududgazta’minot” korxonasi bilan o’rganildi. Natijada, iste’molchiga qurilmani ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’liq tushuntirilmaganligi aniqlandi. Mas’ul tashkilot hamkorligida qisqa muddatda muammo bartaraf etildi.
Xalqimizda “mol sotsang aybini aytib sot” degan maqol bor. Ushbu maqol zamon va davr tanlamas bo’lib, hozirgi asrimizga mos tushaveradi. Reklamalar orqali sifati oshirib ko’rsatiladigan ko’pgina mahsulotlar yoki xaridlar keyinchalik iste’molchi noroziligiga sabab bo’ladi.
Qorako’l tumanida yashovchi fuqaro J.H Qorako’l tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yo’llagan murojaatida 23 600 000 so’mga mahalliy fermadan 2 bosh qoramol xarid qilganligini, sotish jarayonida aytilgan sifatlar mavjud emasligi aniqlanganligini hamda xariddan noroziligini bildirgan.
Qorako’l tuman jamiyati hamda veterinariya bo’limi bilan hamkorlikda murojaat o’rganilib, haqiqatda iste’molchiga sotilgan paytda aytilgan sifatlar mavjud emasligi aniqlangan. Qoramollar fermaga qaytarilib, iste’molchiga to’lov to’liq olib berildi.