Выберите язык
Birinchi changyutgich 1901-yilda ixtiro qilingan va juda katta hajmda bo‘lgan, o’rtacha vazni 30 kilogrammni tashkil etgan. Hozir kichik, yengil va foydalanishda qulay qurilmalarning turli markalarini uchratish mumkin.
Iste’molchi M.T muddatli to’lov evaziga, umumiy qiymati 2 million so’mlik “Artel” changyutgichini xarid qilgan. Xo’jaligida foydalanish jarayonida qurilmada birin-ketin qator texnik nuqsonlar aniqlangach, amaliy yordam so’rab Qorako’l tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qoldirgan.
Jamiyat xodimlari tomonidan changyutgichdagi nuqsonlarni aniqlash maqsadida servisga yuborildi. Servis tomonidan nuqson ishlab chiqarish bilan bog’liqligi tasdiqlanib, bepul ta’mirlab berildi.
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish Yangiqo‘rg‘on tumani jamiyati tomonidan Jamiyatga kelib tushgan murojaatlar asosida olib borilgan o‘rganishlar natijasida
2025 yil dekabr va 2026 yil yanvar oylarida
qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish xizmati to‘liq va sifatli ko‘rsatilmagani aniqlandi.
📌 O‘rganish davomida ma’lum bo‘ldiki:
Tumandagi 29 ta MFYda
69 908 nafar aholi (abonent)ga
qish mavsumida metan gaz taqchilligi sabab maxsus texnikalar ishlamagan.
Shunga qaramay, aholidan to‘lovlar hisoblangan.
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish Yangiqo‘rg‘on tumani jamiyati tomonidan qonunchilikka asosan ko‘rildi va:
2025 yil dekabr oyi uchun: 508 930 240 so‘m
2026 yil yanvar oyi uchun: 508 930 240 so‘m
Jami: 1 017 860 400 so‘m
(1 milliard 17 million so‘mdan ortiq mablag‘)
📉 69 908 nafar aholidan undiriladigan to‘lovlar BEKOR qilindi!
Hurmatli do‘stlar va qadrli hamkasblar!
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi nomidan yaqinlashib kelayotgan Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni munosabati bilan samimiy tabriklarimizni qabul qiling.
Yevroosiyo iqtisodiy makonida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni yanada mustahkamlashga qaratilgan 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan dastur loyihasining ma’qullangani barchamiz uchun muhim va quvonarli voqeadir.
Raqamli bozorlar jadal rivojlanayotgan hozirgi davrda iste’molchilar manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan bunday tashabbuslar mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Ushbu muhim ishga o‘z hissasini qo‘shayotgan barcha hamkorlar va mutaxassislarga samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Bu — barchamizning umumiy yutug‘imizdir.
Barchangizga mustahkam sog‘liq, kuch-g‘ayrat, sabr-toqat va farovonlik tilaymiz.
Kelgusida ham iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yo‘lidagi samarali hamkorligimiz yanada mustahkamlanishiga ishonamiz.
15-mart — Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni munosabati bilan Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari bilan birgalikda ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv, o‘quv seminari hamda bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirlar davomida ishtirokchilarga “Iste’molchi kim?” mavzusida ma’ruza qilinib, iste’molchilarning huquq va majburiyatlari, sifatli mahsulot tanlash, xizmatlardan to‘g‘ri foydalanish, shuningdek huquqbuzarlik holatlarida murojaat qilish tartibi haqida batafsil tushuntirishlar berildi. O‘quvchilar bilan savol-javoblar o‘tkazilib, ularning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan tavsiyalar berildi .