Выберите язык
Xorazm viloyati Yangibozor tumani "Oshaqala" mahallasida yashovchi A.J ismli fuqaro "GENTRA" avtomashinasi uchun 115 000 000 (bir yuz o'n besh million) so'm pul evaziga sotip olgan ammo nosozlik vujudga kelgani sabab to'langan pulini qaytarib olomagani sababli Urganch tuman ist'molchilarni huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan natijada jamiyat xodimlari tomonidan o'rganish ishlari olip borildi. istemolchi avtomashina uchun to'lagan 115 000 000 million so'm puli qaytarip murojaat ijobiy hal qilib berilishiga erishildi.
Mazkur holat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan tizimli ishlar, shuningdek, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash yo‘lidagi amaliy choralar samaradorligini yana bir bor namoyon etdi.
Bugungi kunda onlayn savdo kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Internet orqali xarid qilish qulay va tezkor bo‘lsa-da, iste’molchi ayrim muhim jihatlarga e’tibor qaratmasa, moliyaviy zarar yoki sifatsiz mahsulot muammosiga duch kelishi mumkin. Quyida onlayn savdo jarayonida e’tibor berilishi lozim bo‘lgan asosiy masalalar keltiriladi.
1️⃣ Sotuvchining ishonchliligini tekshirish
Onlayn xarid qilishdan avval:
• Sotuvchining to‘liq nomi va rekvizitlari mavjudligini tekshiring
• Rasmiy veb-sayt yoki ijtimoiy tarmoq sahifasi haqiqiy ekaniga ishonch hosil qiling
• Oldingi mijozlar qoldirgan izoh va reytinglarni o‘qing
• Telefon raqami va manzili ochiq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak
⚠️ Juda arzon narxlar ko‘pincha firibgarlik belgisi bo‘lishi mumkin.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ayollar liboslari kolleksiyasi erkaklar kiyimlariga nisbatan qimmatroq va xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, bayramlar arafasida ayollarimiz orasida yangi liboslarga bo‘lgan talab keskin ortadi.
Murojaatda bayon etilishicha, Navoiy viloyati Zarafshon shahrida yashovchi fuqaro R.M Navoiy shahrida joylashgan savdo majmualarning biridan 1 million soʻm naqd pul evaziga kiyim sotib olgan. Oradan bir necha kun vaqt oʻtib xarid qilingan mahsulot yaroqsiz holga kelib qolgan. Isteʼmolchi ushbu holatni tushuntirish maqsadida savdo doʻkoni rahbariga murojaat qilib borganida tinglashni ham istamagan.
Shundan soʻng, isteʼmolchi Navoiy shahar jamiyati mutaxassislari amaliy yordam koʻrsatishlarini soʻragan.
Navoiy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari murojaatni o‘rganib, savdo do‘koni rahbariyatiga amaldagi qonunchilik talablari hamda iste’molchining huquqlari atroflicha tushuntirildi.
Natijada, olib borilgan tushuntirish va huquqiy choralar samarasida savdo do‘koni mas’uliyat bilan yondashdi va fuqaro murojaati ijobiy hal etilib, buzilgan huquqlar tiklandi va yaroqsiz kiyim uchun toʻlangan 1 million soʻm pul miqdori isteʼmolchiga naqd holda toʻliqligicha qaytarib berildi.
Xatirchi tumanida yashovchi fuqaro A. B dorixonadan 1 150 000 so‘mga dori vositasi xarid qilgan. Biroq u mazkur dori boshqa dorixonalarga nisbatan ancha qimmat sotilganidan norozi bo‘lib, tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida fuqaroning e’tirozi asosli ekani aniqlanib, tegishli choralar ko‘rildi.
Natijada, fuqaro xarid qilgan dori vositasi dorixonaga qaytarilib, uning to‘lagan pul mablag‘i to‘liq qaytarib berilishi ta’minlandi.
Mazkur holat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimi fuqarolar manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etishini yana bir bor ko‘rsatdi.