Выберите язык
2026 yil 24 fevral kuni Navoiy shahrida yashovchi fuqaro Q.Yu Navoiy shahar jamiyatiga yozma murojaat qilib 3 mln sumga sotib olgan changyutgich ishlatish jarayonida nosoz holatga kelib qolganidan shikoyat qilib, ushbu masalada yordam suragan. Murojaat yuzasidan jamiyat mutaxassislari changyutgichni servis kursatish markazi tomonidan sifati ta'mirlab berilishida amaliy yordam kursatishdi. Fuqaro jamiyat mutaxassislari faoliyatidan minnatdor buldi.
Xatirchi tumanida yashovchi fuqaro U. A fermer xo‘jaligi yeriga ekish maqsadida 2 million so‘mga tariq urug‘i sotib olgan. Biroq, ekish jarayonida urug‘ning sifatsiz ekani aniqlangan va bu holat fuqaroning noroziligiga sabab bo‘lgan.
Shundan so‘ng fuqaro Xatirchi tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan. Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi va holat atroflicha tahlil qilindi.
O‘rganishlar natijasida urug‘ mahsuloti sifatsiz ekani tasdiqlanib, fuqaroning huquqlari tiklandi. Jamiyat mutaxassislari aralashuvi bilan fuqaro tomonidan to‘langan 2 million so‘m pul mablag‘i to‘liq qaytarib berildi.
Mazkur holat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimi samarali ishlayotganini yana bir bor ko‘rsatdi.
Konimex tumanida yashovchi fuqaro A.A tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat qilgan. Murojaatda u 5 000 000 so‘mga sotib olgan planshet nosoz chiqqanini bildirib, o‘z huquqlarini tiklashda amaliy yordam so‘ragan.
Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida planshet haqiqatan ham nosoz ekenligi aniqlanib, savdo hodimiga fuqarining iste'molchi sifatida huquqlari tushuntirildi.
Natijada fuqaroning talabi qanoatlantirilib, planshet uchun to‘langan 5 mln so‘m pul mablag‘i to‘liq qaytarib berildi.
Mazkur holat iste’molchilar o‘z huquqlarini bilishi va himoya qilishi muhim ekanini yana bir bor tasdiqladi.
2026 yil 10 fevral kuni Navoiy viloyati Nurota tumanida yashovchi fuqaro B.M Nurota tumani istimolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib 8 mln so`mga muddatli to`lov asosida xarid qilgan gaz plitasi va muzlatgich nosoz holda ekanligini bildirgan. Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan o`rganilib iste'molchining tanloviga ko`ra muddatli to`lov shartnomasi bekor qilib berildi.