Выберите язык
Namangan shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga kelib tushgan murojaatda iste’molchi yoqilg‘i quyish shoxobchasida amalga oshirgan to‘lovi dasturda ko‘rinmaganligi sababli undan yana qayta to‘lov olinganidan norozi ekanligini bildirgan.
Murojaat asosida olib borilgan o‘rganish davomida to‘lov mobil ilova orqali amalga oshirilgan bo‘lsa-da, tizimda aks etmaganligi sababli iste’molchidan qo‘shimcha ravishda yana to‘lov olinganligi aniqlandi.
Masala yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida ortiqcha olingan mablag‘ iste’molchiga to‘liq qaytarildi va murojaat ijobiy hal etildi.
Qiziltepa tumanida yashovchi G.M. Qiyomovna joriy yilning 25 mart kuni Qiziltepa tumanidagi dorixonadan kumush sprey maxsulotini xarid qilgan, lekin maxsulot qadog'i "plomba" qilinmagan xolatda ekanligini ko'rgach sifatidan shubhalangan va darhol Qiziltepa tuman jamiyatiga og'zaki tartibda urojaat qildi.
Jamiyat mutaxassislari holatni tezkor o‘rganib, maxsulot ishlab chiqaruvchi MCHJ tomonidan murojaatchiga shu turdagi boshqa sifatli va nuqsonlarsiz maxsulotga almashtirib berildi.
Ushbu voqea iste’molchilarga o‘z huquqlarini himoya qilish muhimligini, sotuvchilar esa sifatga e’tibor berishi kerakligini yana bir bor eslatdi.
O‘quvchilar o‘rtasida iste’mol madaniyatini shakllantirish va huquqiy ongni yuksaltirish maqsadida joriy etilgan maxsus stipendiya Navoiy viloyati Tomdi tumanidagi 12-sonli umumta’lim maktabida tantanali ravishda topshirildi.
Stipendiya sohibasi — 10-sinf o‘quvchisi Janabayeva Aynisa Amirkhanovna. U o‘zining yuqori o‘qish ko‘rsatkichlari, ijtimoiy faolligi va huquqiy bilimlarga qiziqishi bilan alohida ajralib turadi.
Tadbirda tuman jamiyati raisi Abumuslim Kurakbayev g‘olibni tabriklab, mukofotni topshirdi.
Mazkur tashabbus yoshlar o‘rtasida iste’mol madaniyati va huquqiy bilimlarni keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.
Navro‘z – yangilanish va mehr-oqibat bayrami.
Ushbu qutlug‘ kundan xonadoningiz fayzu barakaga to‘lsin.
Barcha ezgu niyatlaringiz amalga oshishini tilayman.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi jamoasi