Выберите язык
O‘quvchilar o‘rtasida iste’mol madaniyatini shakllantirish va huquqiy ongni yuksaltirish maqsadida joriy etilgan maxsus stipendiya Navoiy viloyati Tomdi tumanidagi 12-sonli umumta’lim maktabida tantanali ravishda topshirildi.
Stipendiya sohibasi — 10-sinf o‘quvchisi Janabayeva Aynisa Amirxanovna. U o‘zining yuqori o‘qish ko‘rsatkichlari, ijtimoiy faolligi va huquqiy bilimlarga qiziqishi bilan alohida ajralib turadi.
Tadbirda tuman jamiyati raisi Abumuslim Kurakbayev g‘olibni tabriklab, mukofotni topshirdi.
Mazkur tashabbus yoshlar o‘rtasida iste’mol madaniyati va huquqiy bilimlarni keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.
Kommunal to‘lovlardagi billing tizimi — bu elektr, gaz, suv, issiqlik, chiqindi va boshqa kommunal xizmatlar uchun hisob-kitob qilish, qarzdorlikni yuritish, to‘lovlarni qabul qilish va nazorat qilish uchun ishlatiladigan avtomatlashtirilgan axborot tizimidir.
Buxoro shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga aynan shu mazmunda fuqaro M.S dan murojaat kelib tushdi. Murojaatda fuqaroga Hududgazta’minot korxonasi tomonidan 650 000 so’m noreal qarzdorlik mavjudligi to’g’risida xabarnoma yuborilganligi va iste’molchi e’tirozi ko’rsatilgan.
Buxoro shahar jamiyati xodimlari murojaatni ijobiy o’rganishi ortidan qarzdorlik qayta hisob-kitob qilib chiqildi. Natijada, iste’molchining gaz ta’minoti bo’yicha qarzdorligi billing tizimidan o’chirildi.
Aholi soni tabiiy oshib boradigan davlatlarda uy-joy sotib olish, ijara berish va olish munosabatlari keng shakllangan. Qonuniy ijara shartnoma tuzib, ijarachi bilan ijara shartlarini kelishish eng samarali yechimdir.
Uy ijarasi bilan shug’ullanuvchi “U A” MChJ xodimi fuqaro M.G ga ijara asosida xonadon bergan va oldindan avans sifatida 2 oylik ijara mablag’i 4 245 000 so’mni talab qilib olgan. Ammo oradan sal vaqt o’tib ijarachidan uyni tark etishini, boshqa birovga uyni sotganligini bildirgan. E’tiroz bildirmagan fuqaromiz avans tariqasida to’lagan to’lovni ham qaytarib ololmagan.
Buxoro shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilish orqali iste’molchi o’z huquqlarini tikladi. Avans sifatida berilgan to’lov iste’molchiga to’liq qaytarib olib berildi.