Выберите язык
Fuqaro M.S.V. tomonidan bildirilgan murojaat asosida avtomaktab faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Murojaatda qayd etilishicha, fuqaro avtomaktabning o‘quv kursiga ro‘yxatdan o‘tgan, biroq o‘quv mashg‘ulotlari boshlanish sanasi hamda guruh shakllanishi bo‘yicha yetarli ma’lumot berilmagani sababli tushunmovchilik yuzaga kelgan.
Mazkur holat yuzasidan iste’molchi tomonidan murojaat qoldirilganidan so‘ng, masala mutaxassislar tomonidan o‘rganildi. O‘rganish davomida murojaatda ko‘rsatilgan holatlar tasdiqlandi hamda masala tomonlar ishtirokida ko‘rib chiqildi.
Natijada iste’molchining talabi inobatga olinib, to‘langan mablag‘ qaytarildi.
Uchquduq tumanida yashovchi K.O.iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat qilib, 2 million so`mga sotib olgan televizor nosoz chiqayotgannidan norozi bo`ldi.
Ushbu murojaat yuzasidan Uchquduq tuman jamiyati o`rnatilgan tartibda o`tkazgan kuzatuvda iste'molchining e'tirozi asosligi, televizor haqiqatdan ham nosoz ekanligi aniqlandi. Murojaat yuzasidan savdo do`koni rahbariga fuqaroning, iste'molchi sifatida huquqlari tushuntirildi.
Natijada fuqaroga nosoz chiqgan televizor yangisiga almashtirib berildi.
Karmana tumanida yashovchi B.Sh joriy yilning 23 mart kuni Navbahor tumanidagi qurilish mollari do‘konidan sotib olgan 4 000 000 so‘mlik yasama devor sifatsiz chiqdi. Fuqaro darhol tuman jamiyatiga yozma murojaat qildi.
Jamiyat mutaxassislari holatni tezkor o‘rganib, to‘langan pulni to‘liq qaytarib berdi.
Ushbu voqea iste’molchilarga o‘z huquqlarini himoya qilish muhimligini, sotuvchilar esa sifatga e’tibor berishi kerakligini yana bir bor eslatdi. Xaridorning haqiqatni talab qilish qobiliyati — adolatli va shaffof savdo uchun asos!V
https://uza.uz/uz/posts/istemolchilar-huquqi-himoyasi-amalda_834681
Нурота туманида яшовчи фуқаро Ж.И федерациянинг 1091 ишонч телефони орқали мурожаат қилиб, Хатирчи туманидаги савдо марказидан муддатли тўлов асосида харид қилган уяли телефонда муаммо мавжудлигини маълум қилган. Унинг таъкидлашича, “Samsung Galaxy A36 8/128GB Black” русумли телефонда МДМ дастури ўрнатилган бўлиб, бу ҳақда сотувчи томонидан олдиндан огоҳлантирилмаган.
Фуқаро бир неча бор дўкон маъмуриятига мурожаат қилганига қарамасдан, масала ечимини топмаган. Хатирчи туман жамиятининг аралашуви билан ушбу ҳолат атрофлича ўрганилиб, телефон сотувчига қайтарилди ва 6 миллион 948 минг сўмлик шартнома бекор қилинди. Шу тариқа фуқаронинг ҳуқуқлари тикланди.
Шунингдек, Хатирчи тумани “Майдон” маҳалла фуқаролар йиғинида яшовчи фуқаро А.Н ҳам жамиятга мурожаат қилиб, муддатли тўлов асосида харид қилган электроскутердан норози эканлигини билдирган. Унинг сўзларига кўра, 12 миллион сўмга сотиб олинган электроскутер сотувчи томонидан юқори қувватли деб таърифланган, аммо амалда у кам қувватли бўлиб чиққан.
Фуқаронинг эътирозларига қарамасдан, савдо дўкони ходимлари муаммони ҳал этмаган. Жамият ходимлари томонидан ўтказилган ўрганишлар ва ҳуқуқий тушунтиришлар натижасида, фуқарога олдиндан тўланган 400 минг сўм маблағ қайтарилди ва 12 миллион сўмлик шартнома бекор қилинди.
А. Бўриев, ЎзА