Выберите язык
Bugungi kunda onlayn savdo kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Internet orqali xarid qilish qulay va tezkor bo‘lsa-da, iste’molchi ayrim muhim jihatlarga e’tibor qaratmasa, moliyaviy zarar yoki sifatsiz mahsulot muammosiga duch kelishi mumkin. Quyida onlayn savdo jarayonida e’tibor berilishi lozim bo‘lgan asosiy masalalar keltiriladi.
1️⃣ Sotuvchining ishonchliligini tekshirish
Onlayn xarid qilishdan avval:
• Sotuvchining to‘liq nomi va rekvizitlari mavjudligini tekshiring
• Rasmiy veb-sayt yoki ijtimoiy tarmoq sahifasi haqiqiy ekaniga ishonch hosil qiling
• Oldingi mijozlar qoldirgan izoh va reytinglarni o‘qing
• Telefon raqami va manzili ochiq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak
⚠️ Juda arzon narxlar ko‘pincha firibgarlik belgisi bo‘lishi mumkin.
#istemolchi
Mebel do‘konidagi muammo ijobiy yakunlandi
📍Xorazm viloyati
Xorazm viloyati Yangiariq tumani “Shirsholi” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro T. P. tomonidan Xiva shahrida faoliyat yuritayotgan mebel do‘konidan qiymati 5 million 600 ming so‘mlik yumshoq mebel jamlanmasiga buyurtma qilindi.
👉 Batafsil (https://istemol.uz/reports/1488)
__
The issue at the furniture store was resolved positively
👉 In detail (https://istemol.uz/reports/1488)
__
Проблема в мебельном магазине была решена положительно
👉 Подробно (https://istemol.uz/reports/1488)
👇Bizni kuzating:
🌐istemol.uz | 📷 (https://www.instagram.com/uzbekneftegaz_rasmiy/)Instagram (https://www.instagram.com/istemol.uz/) | 👉Telegram (https://t.me/istemolchi1) | ▶️ (https://www.youtube.com/@ung_matbuotxizmati/videos)YouTube (https://www.youtube.com/watch?v=p9a12vM3cqo) | 💬 (https://www.facebook.com/ozbekneftgaz)Facebook (https://www.facebook.com/istemolchimatbuot/)
Xorazm viloyati Xonqa tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro O. Ibodullayev kafolat muddati hali tugamagan televizorida nosozlik yuzaga kelgani, biroq servis xizmati tomonidan muammo bartaraf etilmayotganidan norozi bo‘lib, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining Xonqa tuman jamiyatiga murojaat qildi.
Murojaat Xonqa tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan belgilangan tartibda o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida Avalon rusumli televizor servis xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirilib, texnik nosozligi tasdiqlandi.
Yakuniy xulosaga asosan, iste’molchining qonuniy huquqlari himoya qilinib, televizor uchun to‘langan 3 million 155 ming so‘m pul mablag‘i to‘liq hajmda iste’molchiga qaytarib berildi.
Mazkur holat iste’molchilar o‘z huquqlarini bilishi va muammo yuzaga kelganda tegishli tashkilotlarga murojaat qilishi muhim ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.
Murojaat uchun: 📞1091
📠 https://murojaat.istemol.uz
Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
🔻Telegram (https://t.me/istemolchi1) | Facebook (https://www.facebook.com/istemolchimatbuot/) | Instagram (https://www.instagram.com/istemol.uz/)| YouTube (https://www.youtube.com/watch?v=p9a12vM3cqo) | Istemol.uz
Xorazm viloyati Xiva tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro M.A. tomonidan iste’molchi huquqlarining buzilgani yuzasidan murojaat kelib tushdi. Fuqaro o‘z murojaatida xarid qilinganidan atigi 5 kun o‘tib “Samsung A56” rusumli telefon apparatida texnik nosozliklar yuzaga kelgani, biroq savdo do‘koni tomonidan to‘langan pul mablag‘i qaytarib berilmagani yoki mahsulot almashtirilmagani sababli norozi ekanini bildirgan.
Mazkur murojaat O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining Xiva tuman jamiyati tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi. O‘rganish jarayonida telefon apparatida haqiqatan ham ishlab chiqarish nuqsoni mavjudligi aniqlandi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan do‘kon ma’muriyati bilan olib borilgan tushuntirish va qonuniy choralar natijasida nosoz “Samsung A56” telefon apparati iste’molchiga yangisiga almashtirib berildi.
Mazkur holat yana bir bor shuni ko‘rsatadiki, iste’molchilar o‘z huquqlarini bilishi va qonuniy yo‘l bilan murojaat qilishi orqali adolatli yechimga erishishi mumkin. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi esa aholining huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida izchil faoliyat olib bormoqda.
Murojaat uchun: 📞1091
📠 https://murojaat.istemol.uz
Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
🔻Telegram (https://t.me/istemolchi1) | Facebook (https://www.facebook.com/istemolchimatbuot/) | Instagram (https://www.instagram.com/istemol.uz/)| YouTube (https://www.youtube.com/watch?v=p9a12vM3cqo) | Istemol.uz