Выберите язык
Buxoro viloyatida yashovchi fuqaro "S.G‘." ijtimoiy tarmoqda ko‘rgan reklamasi bo‘yicha do‘kon bilan bog‘lanib, bahosi 2 400 000 so‘m bo‘lgan o‘t maydalagich apparatiga buyurtma bergan.
Buyurtma qabul qilinib, Buxoro viloyatiga yetkazib berilgan.
Oradan bir necha kun o‘tgach, apparat ishlamay qolgan.
Fuqaro ushbu masala bo‘yicha savdo mutaxassislariga murojaat qilgan, lekin ijobiy javob ololmaganligi sababli, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 601-10-91 ishonch telefoniga murojat qilgan.
Murojaat bo‘yicha To‘rtko‘l tumani Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tumandagi savdo majmuasiga borib, do‘kon rahbari va xodimlari bilan bog‘langan holda o‘rganish ishlarini olib bordi.
Olib borilgan tushuntirish ishlaridan so‘ng, iste'molchining 2 400 000 so‘m puli qaytarib berilishiga erishildi.
Xo‘jayli tumanida yashovchi fuqaro Xo‘jayli savdo kompleksidagi "A" do‘konidan 3 100 000 so‘mga televizor sotib olgan.
Televizorni uyiga olib kelib o‘rnatib ko‘rgan vaqtida, unda nuqson borligi aniqlangan. Muammo bo‘yicha fuqaro do‘kon rahbari va xodimlar bilan bog‘lanib ko‘rgan.
Kutilgan natija bo‘lmagach, Xo‘jayli tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Murojaat soha mutaxassislari tomonidan tezlik bilan ko‘rib chiqildi va o‘rganish natijasida iste’molchining haqiqatda sotib olgan texnikasida nuqsoni borligi aniqlandi.
Natijada fuqaroning nuqsoni bor televizori yangisiga almashtirib berildi.
5 март — Бутунжаҳон истеъмолчилар ҳуқуқлари куни муносабати билан Қорақалпоғистон Республикаси Истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш жамиятлари Федерацияси томонидан матбуот анжумани ўтказилди. Унда истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш, мурожаатлар билан ишлаш ва аҳолининг ҳуқуқий маданиятни ошириш бўйича амалга оширилаётган ишлар ҳақида маълумот берилди.
📞 2025 йил давомида жамиятнинг Қорақалпоғистон Республикаси Федерацияси ва ҳудудий жамиятларга 500дан ортиқ мурожаатлар келиб тушиб, натижада истеъмолчилар фойдасига 658 миллион сўмдан ортиқ моддий зарар ундириб берилган.
📊 2026 йил январь–февраль ойларида эса 66 та мурожаат кўриб чиқилиб, истеъмолчиларга 80 миллион сўмдан ортиқ зарар қайта ҳисоблаб берилди.
Nukus shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro "S.B" tomonidan quyidagi mazmunda yozma ravishda murojaat kelib tushgan.
Murojaatda iste'molchi "A.N." do'konidan Dyson brendidagi bahosi 400 dollar bo'lgan soch turmaklash buyumini sotib olganligi, biroq iste'molchi buyumni uyiga olib kelganidan so'ng ishlamay qolganligi, buyumdagi nosozlikni do'kon mutaxassislari bartaraf etib bermaganligi yoki to'lov qilingan mablag'ini qaytarmaganligi ko'rsatilgan.
Nukus shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari murojaatni tegishli tartibda o'rganib chiqib, 6 oydan beri iste'molchining ovora bo'lib yurishiga sababchi bo'lgan bu masalaning ijobiy yechim topishiga erishdi.
Iste'molchining 400 dollar mablag'i qaytarib berildi.
Страница 3 из 7