Выберите язык
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan fuqarolarning murojaatlari doimiy tarizda o‘rganilib, ularning manfaatlari himoya qilib kelinmoqda. Shunday murojaatlardan biri yaqinda o‘z yechimini topdi.
Qo'ng'ırot tumani "Ulli jurt" ko‘chasida yashovchi fuqaro Z. D. federatsiyaning "Ishonch telefoni" orqali quyidagicha murojaat qilgan:
Nukus shahrida joylashgan "M.S." MChJ bilan tuzilgan shartnoma asosida uyiga quyosh panellarini o‘rnatgan.
Biroq quyosh panellari shartnomada ko‘rsatilgan miqdorda elektr energiyasini ishlab chiqarmayotganligi ma’lum bo‘lgan.
Bu bo‘yicha korxonaga bir necha marotaba murojaat qilishiga qaramasdan, 2 oy davomida masala kechiktirib kelingan.
Murojaat bo‘yicha Nukus shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining mutaxassislari tomonidan tezlik bilan o‘rganish ishlari olib borildi va iste’molchining talabi to‘liq qanoatlantirildi.
Pop tumanida ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlar yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida bir qator ijobiy yechimlarga erishildi.
Xususan, Pop tumani hududidagi Yangihayot, Orom va Do‘stlik MFYlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari hamda mavjud hisob-kitoblar qayta ko‘rib chiqildi. O‘rganish davomida ayrim xonadonlarda oldindan saqlanib kelgan noreal qarzdorliklar mavjudligi aniqlangan.
Tegishli hujjatlar asosida olib borilgan qayta tahlil va hisob-kitoblar natijasida 59 ta xonadon bo‘yicha jami 12 697 991 so‘m noreal qarzdorlik billing tizimidan chiqarildi.
Natijada fuqarolarning qonuniy manfaatlari ta’minlanib, murojaatlar yuzasidan amaliy yechimga erishildi.
Pop tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq murojaat kelib tushdi. Unda iste’molchiga suv hisoblagichi ko‘rsatkichlari asosida asossiz qarzdorlik hisoblangani yuzasidan norozilik bildirilgan.
O‘rganish davomida hisoblagich ko‘rsatkichlari noto‘g‘ri kiritilgani aniqlanib, shu sababli qarzdorlik yuzaga kelgani ma’lum bo‘ldi. Shundan so‘ng qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilib, asossiz qarzdorlik bekor qilindi.
Natijada iste’molchining huquqlari tiklanib, murojaat ijobiy hal etildi.
Pop tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga kelib tushgan murojaat asosida gaz ta’minoti bilan bog‘liq holat o‘rganildi. Murojaatda iste’molchiga hisoblagich bilan bog‘liq muammo sababli 5 983 440 so‘m miqdorida qarzdorlik chiqarilgani hamda gaz ta’minoti uzilgani bildirilgan.
O‘rganish jarayonida mutasaddi tashkilotlar ishtirokida holat atroflicha tahlil qilinib, mazkur qarzdorlik asossiz ekani aniqlandi. Shundan so‘ng qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilib, iste’molchiga yozilgan qarzdorlik to‘liq bekor qilindi va gaz ta’minoti tiklandi.
Natijada murojaat Pop tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan ijobiy hal etildi.
Страница 6 из 7