Выберите язык
Qorao‘zak tumani fuqarosi A.N. tuman markazida joylashgan “I” do‘konidan bahosi 7 900 000 so‘m bo‘lgan Beryosa M 920 MR markali muzlatkich sotib olgan. Oradan ko‘p o‘tmay muzlatkich ishlamay qolgan.
So‘ng iste’molchi do‘kon servis markaziga bog‘lanib, tuzatib berishni so‘ragan, biroq hech qanday tuzatish ishlari amalga oshirilmaganligi sababli Qorao‘zak tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Murojaat mutaxassislar tomonidan tegishli tartibda o‘rganilib, do‘kon rahbari va sotuvchisiga tushuntirish ishlari olib borilishi natijasida iste’molchining murojaati ijobiy yechim topdi va nosoz texnika ta’mirlab berilishiga erishildi.
Nukus shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro "N.T" tomonidan quyidagicha murojaat kelib tushgan.
Nukus shahri Sh.Rashidov ko‘chasida joylashgan "E.U" savdo markazidan bahosi 2.600.000 so‘m bo‘lgan MOONX43 markali televizor sotib olgan.
Oradan vaqt o‘tganidan so‘ng televizor ishlamay qolgan va do‘konga qaytarilgan. Biroq do‘kon tomonidan servis xizmati ko‘rsatilmagan.
Muammo bo‘yicha Nukus shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan do‘kon rahbari va sotuvchisiga tushuntirish ishlari olib borildi.
Natijada fuqaroning murojaati o'rganilib ijobiy hal etildi. Nuqsoni bor televizor yangisiga almashtirib berildi.
Iste’molchi To'rko'l tuman markazidagi stomatologiya bo‘limiga borib, shifokor ko‘rigidan o‘tgan hamda bemorga shifokor tomonidan sun’iy tish qo‘ydirish tavsiya etilgan.
So‘ngra sun’iy tish uchun 1 340 000 so‘mga kelishilib, buyurtma berilgan.
Sun’iy tish tayyor bo‘lgach, bemor chaqirilib, tishlar qo‘yib berilgan va shifokor bir-ikki kunda ko‘nikib ketishini aytgan, iste’molchi esa rozi bo‘lgan holda chiqib ketgan.
Oradan besh-olti kun o‘tgach, tishlari yaxshi turmaganligi sababli puli qaytarib berilishini so‘rab shifokorga qayta murojaat qilgan va ikki tomon o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan.
Shundan so‘ng, iste’molchi To‘rtko‘l tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan
Murojaat soha mutaxassislari tomonidan joyida, qonuniy tartibda o‘rganib chiqildi hamda fuqaroning muammosi ijobiy hal etilib, iste’molchining puli qaytarib berilishiga erishildi.
Iste’molchi Nukus bozoridagi “P.M” savdo do‘konidan bir yillik muddatli to‘lov asosida telefon apparatini sotib olgan.
Oradan bir oy vaqt o‘tib, nosozlik kelib chiqqan telefon apparatiga servis xizmati ko‘rsatilgan, biroq kamerasi to‘liq soz holatga kelmagan. Shundan so‘ng telefon blok holatiga tushib qolgan va uch kun davomida blokdan chiqmagan.
So‘ng iste’molchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 601-10-91 ishonch telefoniga murojaat qilgan.
Murojaat bo‘yicha soha mutaxassislari tomonidan olib borilgan o‘rganish ishlari natijasida iste’molchining huquqi tiklanib, nosoz telefon yangisiga almashtirib berilishiga erishildi.
Страница 2 из 7