Выберите язык
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan 2026-yil 23-yanvar kuni yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida muhim buyruq qabul qilingan edi.
Ushbu buyruq asosida Respublikamizning turli hududlarida bilim olayotgan o‘quvchi yoshlar Federatsiya raisining maxsus stipendiyantlari deb tan olindi.
Ularning orasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanidagi 17-sonli maktabning 10-sinf o‘quvchisi Adilbayeva Aqmarjan Oralbay qizi ham bor.
Belgilangan tartib bo‘yicha, ushbu stipendiyantlarga 2026-yilning mart oyidan boshlab har chorak yakunida 1 000 000 (bir million) so‘m pul mablag‘lari berila boshlanadi.
Bu tashabbus Federatsiyaning yoshlarga bo‘lgan yuqori diqqat-e’tiborining belgisi bo‘lib hisoblanadi. Bunday qo‘llab-quvvatlash choralari kelajak egalarining yanada yuqori natijalarga erishishiga ulkan turtki bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi hamda shahar, tuman jamiyatlariga 2026-yil yanvar-fevral oylari davomida iste’molchilardan jami 66 ta murojaat kelip tushdi.
⚜️ Ushbu murojaatlarning yechilishi natijasida iste’molchilar foydasiga jami 80 mln 104 ming 220 so‘m yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berildi.
📊 Iste’molchilardan kelip tushgan murojaatlarning: 36 foizi - savdo sohasi; 9 foizi - gaz ta’minoti sohasi; 10 foizi - sog‘liqni saqlash sohasi; 9 foizi - transport sohasi; 24.2 foizi - boshqa sohalar bo‘yicha kelib tushgan
📎 Ma’lumot uchun, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi ishonch telefoni - 1091.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoniga murojaat kelib tushgan.
Fuqaro I.J. xonadonida elektr energiyasi ta’minoti quvvati juda past bo‘lganligidan norozi ekanligini bildirgan.
Murojaat qisqa muddat ichida Beruniy tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan hududiy elektr tarmoqlari Beruniy tumani filiali mutaxassislari bilan birgalikda o‘rganib chiqildi.
O‘rganish davomida fuqaro yashayotgan hududda haqiqatan ham elektr energiyasi ta’minoti quvvati yetishmovchiligi aniqlanib, quvvati 160 kVA bo‘lgan transformator punktiga ulash ishlari olib borildi va bugungi kunda elektr energiyasi yaxshi holatda ta’minlanishiga erishilib, fuqaroning murojaati ijobiy yechim topdi.
📞 Agar sizning iste’molchi sifatidagi huquqlaringiz buzilsa, 1091 ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.
Fuqaro S.T. Qo‘ng‘irot tumani bozoridan ayoli uchun 280 ming so‘mga ko‘ylak sotib olgan, biroq uyga borib kiyib ko‘rgandan so‘ng o‘lchami to‘g‘ri kelmay qolgan. Yuzaga kelgan holat bo‘yicha fuqaro tovarni do‘konga qayta olib borgan. Biroq, sotuvchi iste’molchining to‘lovini qaytarib berishdan bosh tortgan.
O‘z huquqini to‘liq bilgan iste’molchi Qo‘ng‘irot tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan. Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan qisqa muddat ichida o‘rganib chiqildi va iste’molchining to‘lagan mablag‘i to‘lig‘i bilan qaytarib berildi.
📞Agar sizning iste’molchi sifatidagi huquqlaringiz buzilsa, 1091 ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.
Страница 4 из 7