Выберите язык
Qoraqalpog‘iston Respublikasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining 601-10-91 ishonch telefoni orqali quyidagi tartibda murojaat kelib tushgan.
Chimboy tumanida yashovchi fuqaro Toxtabayeva Gulparshin Nukus shahrida joylashgan "M.O." do‘konidan 3 mln so‘m naqd pul to‘lab, qolgan 6 mln so‘mini esa 6 oyga bo‘lib to‘lash sharti bilan mebel sotib olgan. Biroq, oradan ko‘p o‘tmay mebelda nuqsonlar aniqlangan.
Shundan so‘ng, iste’molchi vaziyat bo‘yicha do‘kon mutaxassislari bilan bog‘langan va mebel do‘kon tomonidan olib ketilgan. Lekin iste’molchi bir oy ichida mebel yaroqsiz holatga kelib qolganligi sababli, ushbu mebelni qayta qabul qilishni istamagan.
Vaziyat yuzasidan Nukus shahri iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan do‘kon rahbari bilan suhbat va tushuntirish ishlari olib borildi.
Natijada, do‘kon tomonidan iste’molchiga nuqsonli mebel yangisiga almashtirib berildi.
Beruniy tumani fuqarosi "Sh.B" tomonidan 1091 ishonch telefoni orqali quyidagicha murojaat kelib tushgan.
Fuqaro 2025-yil 1-iyun sanasida Samsung S24 rusumli telefonni naqd pulga sotib olgan, biroq oradan ko‘p o‘tmay, mazkur telefon kreditda bo‘la turib sotuvga chiqarilgani aniqlangan.
Iste’molchi masala bo‘yicha qayta do‘kon mutaxassislari bilan bog‘lanib ko‘rgan, biroq kutilgan natija bo‘lmagach, Beruniy tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Murojaat mutaxassislar tomonidan ko‘rib chiqilib, o‘rganishlar davomida haqiqatan ham iste’molchining haq ekanligi aniqlandi va qisqa muddat ichida iste’molchining telefoni yangisiga almashtirib berildi hamda murojaat ijobiy yechim topdi.
Tiklanmaydigan energiya manbaalari yer yuzida tobora kamayib borayotgan bir davrda quyosh energiyasidan samarali foydalanish xalqaro yechim sifatida ko’rilmoqda. Mahalla va guzarlarda ham aholi quyosh panellaridan keng foydalanayotganligiga guvoh bo’lamiz.
Fuqaro X.O muddatli to’lov evaziga, umumiy qiymati 35 million so’mlik quyosh panellari xarid qilib, xonadoniga o’rnatgan. Ammo biroz muddat o’tgach, qator texnik nuqsonlar evaziga qurilma sifatli ishlamagan. Iste’molchi amaliy yordam so’rab, Peshku tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ishonch raqami orqali murojaat qoldirgan.
Ushbu murojaatni tegishliligi bo’yicha Peshku tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari izchil o’rganishdi. Natijada quyosh panelidagi texnik nuqsonlar ta’minotchi tashkilot “BM Servis” MCHJ tomonidan bartaraf etib berildi.