Выберите язык
🗣 „ISTE’MOLCHI, O‘Z HUQUQINGIZNI BILASIZMI?“
📅 Bugun, 2026-yil 12-iyun kuni soat 12:00 da Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan tuman hokimligi obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari ishtirokida davra suhbatitashkil etildi.
✨ “Iste’molchi, o‘z huquqingizni bilasizmi?”mavzusida o‘tkazilgan ushbu uchrashuvda ishtirokchilarga iste’molchilik huquqiy savodxonligini oshirish, sifatli mahsulot va xizmatlarni talab qilish qoidalari hamda qonuniy manfaatlar buzilganda murojaat qilish tartiblari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
💬 Shuningdek, xodimlarni qiziqtirgan savollarga huquqiy tushuntirishlar berilib, Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni imkoniyatlari eslatib o‘tildi.
🎯 Asosiy maqsad — aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish va har bir iste’molchining o‘z huquqlarini yaxshi bilishi hamda himoya qila olishini ta’minlashdan iborat.
📢 Iste'molchi huquqi — jamiyat himoyasida!
🏫 INKLYUZIV TA’LIM: HAR BIR BOLA DOIMIY G‘AMXO‘RLIKDA ✨
📌 Sifatli ta’lim va munosib shart-sharoitlar — har bir bolaning fundamental huquqidir. Ayniqsa, inklyuziv ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash jamiyatimizning eng birinchi galdagi vazifalaridan biri hisoblanadi.
📍 Navbatdagi manzil — Nurobod tumani “Amir Temur” mahallasi hududida joylashgan 61-umumta’lim maktabi bo‘ldi.
🤝 Tashrif davomida mazkur ta’lim muassasasida inklyuziv ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 6-sinfda tahsil olayotgan o‘quvchining holidan alohida xabar olindi.
💬 O‘quvchi bilan kechgan juda samimiy va iliq suhbat davomida uning kundalik dars jarayonlari, fanlarga bo‘lgan qiziqishlari hamda maktabda yaratilgan qulayliklar yaqindan o‘rganildi.
📢 Iste'molchi huquqi — jamiyat himoyasida!
🏫 ISHTIXONDA INKLYUZIV TA’LIM MONITORINGI
📍 Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati Ishtixon tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi 59-umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
✨ Kuzatuvlar davomida muassasadagi inklyuziv ta’lim tizimi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, qulayliklar va dars jarayonlari yaqindan o‘rganildi. Bolajonlar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazildi.
🎯 Bosh maqsad — inklyuziv ta’limga jalb etilgan har bir voyaga yetmagan iste’molchining sifatli, xavfsiz va qulay muhitda bilim olishini ta’minlash hamda ularning qonuniy manfaatlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
📢 Iste'molchi huquqi — jamiyat himoyasida!
📉 VILOYAT PROKURATURASI TOPSHIRIG‘IGA ASOSAN: PAYARIQDA “YASHIRIN IQTISODIYOT”GA QARSHI TIZIMLI MONITORING OLIB BORILMOQDA
ℹ️ Mamlakatimizda yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, bozorda sog‘lom raqobat muhitini qaror toptirish hamda iste’molchilar huquqlarini har tomonlama himoya qilish borasida qat’iy choralar ko‘rilmoqda.
📍 Viloyat prokuraturasining tegishli topshirig‘iga asosan, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati Payariq tuman bo‘limi xodimlari hamda mas’ul idoralar hamkorligida hududdagi savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida tizimli monitoring ishlari olib borilmoqda.
📈 Belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda nazorat va monitoring tadbirlari qat’iy davom ettirilmoqda.